🎵 Qoʻshiq matnlari

Orolmirzo Safarov - Qoʻshiqla koʻraman olamni

1.7K marta oʻqildi
Orolmirzo Safarov - Qoʻshiqla koʻraman olamni
Shukrona aytaman shunga ham,
Bo`lsada to`kisdan ko`zim kam. (x2)
Hayotim nuridir har bolam,
Ohangga qo`shib dil nolamni,
O, qo`shiqla ko`raman olamni. (x2)

Ollohim dilimga kuy solgan,
Kuylardan armonim joy olgan. (x2)
Zavqu-shavq emasdir yo`qolgan,
Alqayman muborak shu damni,
O, qo`shiqla ko`raman olamni. (x2)

Yo`llarda yaxshilar qo`l tutar,
Allakim o`zgacha yo`l tutar,
Kimlardir achinar, g`am yutar,
Men sevib yashayman odamni,
Qo`shiqla ko`raman olamni.

Niyatlar tog` kabi cho`ng erur,
Yo`llar goh tekis, goh do`ng erur.
Shukrkim, ishlarim o`ng erur,
Ko`rsatmay ko`z yoshim, jolamni,
O, qo`shiqla ko`raman olamni.

Shukrkim, ishlarim o`ng erur,
Ko`rsatmay ko`z yoshim, jolamni,
O, qo`shiqla ko`raman olamni.

Qo`shiqla ko`raman olamni…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!