Tushda qariya koʻrsa nima boʻladi
Tushda qargʻa
Tushda qargʻa koʻrish mol-mulk va xabar, deb taʼbir qilinadi. Qargʻaning shox ustida turganini koʻrgan kishi musofir boʻladi. Qargʻa goʻshtidan yeganini koʻrgan kishining qoʻliga harom mol tushadi. Qargʻaning ovozini eshitish xabar, yangilikdir. Qargʻaning qagʻillashi juft boʻlsa, yaxshilikka yoʻyilmaydi. Besh yoki undan ortiq marta qagʻillasa, xushxabar keladi.
Tushda qassob
Tushda koʻrilgan notanish qassob Azroil (a. s.) deb taʼbir qilinadi. Tushida qassoblik qilganini koʻrgan kishi gunohga botadi. Qoʻyning terisini shilganini koʻrish zulmga ishoradir. Biror kishining qassobxona ochganini koʻrish ham shunday. Qoʻyning kallasini tanasidan ajratish turmush oʻrtogʻidan ayrilishga ishoradir. Qoʻlini qon bilan yuvgan kishi maqsadiga yetadi. Barmoqlari orasidagi qonni ishqalagan kishi farzandlari va birodarlari bilan urishadi. Notanish qassobdan goʻsht olib uyiga keltirganini koʻrgan kishining oilasida janjal boʻladi.
Tushda otasini soʻyganini koʻrgan kishi otasi bilan koʻrishadi va unga yaxshilik qiladi. Tushida qassobni oʻldirganini koʻrgan kishi kasallikdan qutuladi. Qassob kema xoʻjayiniga, merosxoʻrlar va yetimlar orasida meros- ni taqsimlovchi kishiga ishora ham.
Tushda qatl
Tushda biror kishini qatl qilganini koʻrish doʻst-yor orasida eʼtiborning ortishiga ishoradir. Oʻzining qatlga mahkum etilganini koʻrgan kishining umri uzun boʻladi.
,Tushda qafas
Tushda koʻrilgan qafas qamoqqa, yosh bolalar uchun beshikka ishoradir. Qafas, odatda, uy, deb taʼbir qilinadi. Boshini qafasga tiqib koʻchalarda yurganini koʻrgan kishi uyini sotadi. Qafas ishlarning qiyinlashishiga; oila qurishiga ishoradir.
Tushda qiyomat
Tushda Qiyomat kunini koʻrish tush koʻrgan kishini yomon ishlardan, gunohlardan qaytarishga ishoradir. Tushida faqat oʻzining atrofida qiyomat koʻrgan kishi vafot etadi. Qiyomat kunida Arosat maydonida turganini koʻrgan kishi safarga chiqadi. Biror kishi tushida qabrlarning ochilgani, oʻliklarning qabrdan chiqqanini koʻrsa, shu yerda adolat oʻrnatiladi.
qiz
Tushda qiz koʻrish amaldorlar uchu,t qiyinchilik demakdir. Bokira qiz koʻrish baʼzan gransport vositasi; oʻsimlik oʻsadigan joyga ishoradir. Tushda qiz bola koʻrish moʻl-koʻlchilik, obro‘, qiyinchilikdan qutulish, oʻsib, koʻpayib boradigan narsalarga ishoradir. Tushda qizni opichlab yurish oʻgʻilni opichlab yurishdan yaxshiroqdir.
qilich
Tushda koʻrilgan qilich farzanddir. Qilichning qinida turganini koʻrish rafiqa, qinidan chiqarilgan qilich obro‘-eʼtibor, deb taʼbir qilinadi. Biror kishi tushida beliga qilich bogʻlanganini yoki qilichni sugʻurganini koʻrsa, farzandli boʻladi. Tushda qilichning singanini koʻrish farzandning oʻlimiga ishoradir.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!