🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Goʻzal hayot

1 daqiqa 2.1K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Goʻzal hayot
Tashvish kelsa, birdam bir dona xalqmiz,
Haq deb yashar, feʼli durdona xalqmiz.
Ey yurtdoshlar, qadni magʻrur tutaylik,
Zahmatlarni yenggan mardona xalqmiz.

Oʻtar bu kun yomon tushga aylanib,
Qolmas sira bahor qishga aylanib.
Birlashaylik koʻrinmas yovga qarshi,
Toʻmarisu Alpomishga aylanib.

Goʻzal hayot davom etmogʻi uchun,
Yurt otasin elga daʼvati bugun.
Azizlarim, bizdan temir intizom,
Shunda aslo tonglarimiz boʻlmas shom.

Goʻzal hayot, goʻzal hayot,
Goʻzal hayot davom etmogʻi uchun.
Sabru sabot, sabru sabot,
Sabot bilan koʻrsating xalqning kuchin.

Dilda vafo, sadoqatlar koʻpaydi,
Muruvvatlar, sahovatlar koʻpaydi.
Xasta jonlar tuzalmoqda kun sayin,
Umidbaxsh, zoʻr jasoratlar koʻpaydi.

Sabr kuchin koʻrsating uyda qolib,
Bu dardlardan shunda boʻlgaymiz gʻolib.
Mehnatdadir shifokorlar tunu-kun,
Yurtboshining mehridan quvvat olib.

Mehnatdadir qahramonlar tunu-kun,
Yurtboshining mehridan quvvat olib.

Goʻzal hayot, goʻzal hayot,
Goʻzal hayot davom etmogʻi uchun.
Sabru sabot, sabru sabot,
Sabot bilan koʻrsating xalqning kuchin.

Qutlug‘ yoʻllar yorug‘ manzilga boshlar,
Ajdodlardan meʼros buyuk bardoshlar.
Bir musht boʻlib bitta maqsad yoʻlida,
Irodamiz koʻrsataylik, yurtdoshlar.

Sinovlardan faqat nodon qochgaydir,
Dono hikmat eshiklarin ochgaydir.
Asl mard el ogʻir kunda sinalgay,
Mardga Alloh rahmat nurin sochgaydir.

Duo qilar tinmay ota-onalar,
Bu kun rostga aylandi afsonalar.
Tez kunda qad rostlar ayting qay yurtda
Biznikiday ulkan shifoxonalar?

Goʻzal hayot davom etmogʻi uchun,
Yurt otasin elga daʼvati bugun.
Azizlarim, bizdan temir intizom,
Shunda aslo tonglarimiz boʻlmas shom.

Goʻzal hayot, goʻzal hayot,
Goʻzal hayot davom etmogʻi uchun.
Sabru sabot, sabru sabot,
Sabot bilan koʻrsating xalqning kuchin. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!