🎵 Qoʻshiq matnlari

Ulugʻbek Rahmatullayev - Atirgulim (2019)

2.7K marta oʻqildi
Ulugʻbek Rahmatullayev - Atirgulim (2019)
Kelib-ketar bahor senga, bevafo yor,
Bevafodan men ham sendek vafoga zor.
Oʻsha yorga seni berib, men gunohkor,
Atirgulim, alvon gulim, armon gulim.

Qani uni koʻrmasaydim, kuymasaydim,
Senga qoʻshib yuragimni bermasaydim.
Hijron nomli tikanlarni termasaydim,
Atirgulim, alvon gulim, armon gulim.

Atirgulim, atirgulim, alvon gulim, armon gulim,
Sevgim kabi bevafoning qoʻllarida xazon gulim.
Atirgulim, atirgulim, alvon gulim, armon gulim,
Sevgi bergan azoblarga yoʻq ekan bir darmon gulim.

Baxtin topsin mayli oʻsha vafosi kam,
Oʻzing boʻlgin endi mening aziz erkam.
Tikanlaring oʻsha yordan yaxshi ekan,
Atirgulim, alvon gulim, armon gulim.

Kim tomonga burdi u yor yoʻllarini?
Bilolmadim, anglolmadim dillarini.
Bezatarsan endi kimning qoʻllarini?
Atirgulim, alvon gulim, armon gulim,
Bu dunyoning ishlariga hayron gulim.

Atirgulim, atirgulim, alvon gulim, armon gulim,
Sevgim kabi bevafoning qoʻllarida xazon gulim.
Atirgulim, atirgulim, alvon gulim, armon gulim,
Sevgi bergan azoblarga yoʻq ekan bir darmon gulim. (x1+x1)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!