🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Bizlarni afv et

1 daqiqa 1.7K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Bizlarni afv et
Biz qudrating oldida bechoramiz, rost,
Kutilmagan koʻrinmas baloni daf et.
Sonsiz gunohlar uchun olmagin qasos,
Bizni afv et yagonam, bizlarni afv et.

Toju-taxt, dunyo talash odamzod uchun,
Baloning ham tojdorin yubording bu kun.
Ahvolimiz ayanchli, holimiz yupun,
Bizni afv et yagonam, bizlarni afv et.

Osiylarga yuborgan ajdaringmi bu?
Yo gʻofil qalbga sanchgan xanjaringmi bu?
Nopoklikka qarshi yo lashkaringmi bu?
Bizni afv et yagonam, bizlarni afv et.

Yagonam, yagonam, bizlarni afv et,
Yagonam, yagonam, bizlarni afv et.
Yagonam, Ollohim, bizlarni afv et,
Afv et, afv et.

Chigal dunyo ishlarin yecholmas bir bek,
Davosiz dardga sensiz qoʻyolmaydi chek.
Toʻgʻri, ajaldan aslo qochib boʻlmas, lek
Bizni afv et yagonam, bizlarni afv et.

Yerda ulovlar, koʻkda uchoqlar qani?
Toʻy-bayramga atalgan oʻchoqlar qani?
Mehr bilan ochilgan quchoqlar qani?
Bizni afv et yagonam, bizlarni afv et.

Yagonam, yagonam, bizlarni afv et,
Yagonam, yagonam, bizlarni afv et.
Yagonam, Ollohim, bizlarni afv et,
Afv et, afv et.

Afsus, seni unutib, shodon bandangmiz,
Biz notavon, biz noshud, yomon bandangmiz.
Faqat gʻamda eslovchi, nodon bandangmiz,
Bizni afv et yagonam, bizlarni afv et.

Tushda maktabin koʻrib, bolam uxlaydi,
Onajonim bagʻrimda bagʻrin tigʻlaydi.
Koʻngli masjid kabi boʻsh otam yigʻlaydi,
Bizni afv et yagonam, bizlarni afv et.

Yagonam, yagonam, bizlarni afv et,
Yagonam, yagonam, bizlarni afv et.
Yagonam, Ollohim, bizlarni afv et,
Afv et, afv et.

Buni sensiz eplolmas mohirlaring ham,
Taqdir deb jim, har nega qodirlaring ham.
Botirligin unutdi botirlaring ham,
Bizni afv et yagonam, bizlarni afv et.

Dardlar yosharib borar, orzular qarib,
Bu kun suratlar goʻzal, siyratlar gʻarib.
Huzuringga bosh urdik, najot axtarib,
Bizni afv et yagonam, bizlarni afv et.

Yagonam, yagonam, bizlarni afv et,
Yagonam, yagonam, bizlarni afv et.
Yagonam, Ollohim, bizlarni afv et,
Afv et, afv et.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!