🎵 Qoʻshiq matnlari

Xurshid Rasulov - Asragil

1 daqiqa 2.6K marta oʻqildi
Xurshid Rasulov - Asragil
Bosh egdim yolvorib, bosh panoh oʻzing,
Bugun holimizdan chin ogoh oʻzing.
18 ming olamga podishoh oʻzing,
Bandalaring bordur iymonlari sog‘,
Shafqat qil, olamni asragil, Alloh.

Shaytonga ustozlik qilguvchi ham bor,
Oʻzini sendan zoʻr bilguvchi ham bor,
Yigʻlagan oshiqdan kulguvchi ham bor,
Shularning jaddiga qoʻyma bizni, oh,
Oh, hoji onamni asragil, Alloh.

Muxaddislar yurti, qadamjo haqqi,
Iymonboylar qilgan pok duo haqqi,
Habibing Muhammad Mustafo haqqi,
Har sahar tiriklik chirogʻini yoq,
Joynamoz dalamni asragil, Alloh.

Asragil, asragil, asragil Alloh,
Shafqat qil, olamni asragil, Alloh.
Asragil, asragil, asragil Alloh,
Oh, hoji onamni asragil, Alloh.

Tasbehdek teribsan sayyoralarni,
Quyosh atrofida parvonalarni.
Mehringdan ayirma devonalarni,
Kaftimdagi shamni asragil, Alloh,
Begunoh bolamni asragil, Alloh.

Yoʻlingdan ozganlar bir kun qayturlar,
Istigʻfor ayturlar, tavba ayturlar.
Qoraygan yuzlarga bergaysan nurlar,
Tavba eshiklaring ochiq va mushtoq,
Doʻstimni, ogʻamni asragil, Alloh.

Muxaddislar yurti, qadamjo haqqi,
Iymonboylar qilgan pok duo haqqi,
Habibing Muhammad Mustafo haqqi,
Har sahar tiriklik chirogʻini yoq,
Joynamoz dalamni asragil, Alloh.

Asragil, asragil, asragil Alloh,
Begunoh bolamni asragil, Alloh.
Asragil, asragil, asragil Alloh,
Doʻstimni, ogʻamni asragil, Alloh.

Rasulning hadisin soʻylaydi otam,
Har nafasda isming qoʻymaydi otam,
Qiyomat kuningni oʻylaydi otam,
Hikmatda hotamni asragil, Alloh,
Duogoʻy otamni asragil, Alloh.

Rahmon oʻzing yana qahhor ham oʻzing,
Mushfuq oʻzingsanu, jabbor ham oʻzing,
Robbim deganlarga gʻaffor ham oʻzing,
Kechirgil Iqbolni, qulingni billoh,
Bechora odamni kechirgin, Alloh,
Ohbani odamni kechirgin, Alloh.

Asragil, asragil, asragil Alloh,
Duogoʻy otamni asragil, Alloh.
Asragil, asragil, asragil Alloh,
Ohbani odamni asragil, Alloh.

Asragil, asragil, asragil Alloh,
Joynamoz dalamni asragil, Alloh.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Sayyod va Hayot - Bu yoʻllar

13-aprel, 20201.9K