🎵 Qoʻshiq matnlari

Yulduz Usmonova - Ona (2020)

3.4K marta oʻqildi
Yulduz Usmonova - Ona (2020)
Onajonim, yuzlaringdan, qoʻllaringdan kel oʻpayin,
Kelgin, seni jondan quchay, iforing xushboʻy.
Soching oqarsa ham yoshsan, atirguldek aylonayin,
Dunyo goʻzallaridan ham yuzlaring xushroʻy.

Oq sut berding menga muhabbatla, aslo qarzim uzolmasman,
Ishon, hozir ham sendan ulugʻroq doʻst topolmasman.
Oq sut berding menga muhabbatla, aslo qarzim uzolmasman,
Oyogʻing osti jannatdir, mehribon onam.

“Mama”, “modar”, “anne”, “ummi”,
Hamma tilda onasan, ona.
“Mother”, “modar”, “anne”, “ummi”,
Muhabbatli, mehribon onam.

Avliyoga alla aytgan, paygʻambarlarga ham aytgan,
Osmon ham yigʻlaydi birga yigʻlasang, onam.
Soching oqarsa ham yoshsan, atirguldek aylonayin,
Dunyo goʻzallaridan ham yuzlaring xushroʻy.

Oq sut berding menga muhabbatla, aslo qarzim uzolmasman,
Ishon, hozir ham sendan ulugʻroq doʻst topolmasman.
Oq sut berding menga muhabbatla, aslo qarzim uzolmasman,
Oyogʻing osti jannatdir, mehribon onam.

“Mama”, “modar”, “anne”, “ummi”,
Hamma tilda onasan, ona.
“Mama”, “mamka”, “anne”, “ummi”,
Muhabbatli, mehribon onam.

“Mama”, “modar”, “anne”, “ummi”,
Hamma tilda onasan, ona.
“Mother”, “modar”, “anne”, “ummi”,
Har yurakda mehribon onam.

Muhabbatsan, borligʻim onam…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!