🎵 Qoʻshiq matnlari

Yorqinxoʻja Umarov - Bir kunlik

3K marta oʻqildi
Yorqinxoʻja Umarov - Bir kunlik
Bir kunlik, uch kunlik, toʻrt kunlik
Umrini garovga tikkanlar,
Yo choʻlda, yo togʻda, yo yoʻlda
Sovrulib, qovrilib oʻtganlar. (x2)

Gohida bukilmas qoyadek,
Gohida sezilmas soyadek,
Onasi unutgan boladek
Dardini ichiga yutganlar. {x2}

Taʼrifsiz mehnati, qudrati,
Millatning yashirin tirgagi.
Ular shunday sodiq, shunday mard,
Xato, xiyonatga yoʻq haqqi. {x2}

Yorini koʻrolmay sogʻinib,
Suratga, xayolga ovunib,
Vatanga jon deya, jon berib,
Eng mard erkak boʻlib ketganlar. {x2}

Boshqalar oʻynasa, ishlagan,
Boshqalar uxlasa, tinmagan,
Mehnatga rahmat ham kutmagan,
Gʻururini baland tutganlar. {x2}

Taʼrifsiz mehnati, qudrati,
Millatning yashirin tirgagi.
Ular shunday sodiq, shunday mard,
Xato, xiyonatga yoʻq haqqi. {x2}

Sezilmas, koʻrinmas qahramon,
Oʻzini tanitmas hech qachon,
Aslida har biri bir doston,
Sharaflar koʻrmasdan oʻtganlar.

Ulardan mardini topmaysiz,
Ular bor, xatarda yotmaysiz,
Xizmat qilib soʻzsiz va izsiz,
Nomini osmonga bitganlar. {x2}

Olovni ushlagan lov-lovlar,
Shamoldan qoʻrqmagan boʻronlar,
Eng sara, eng yaxshi oʻgʻlonlar,
Sinovdan sinovga yetganlar. {x2}

Taʼrifsiz mehnati, qudrati,
Millatning yashirin tirgagi.
Ular shunday sodiq, shunday mard,
Xato, xiyonatga yoʻq haqqi. {x2}
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Zohida Umarova - Yurt qadri

13-aprel, 20205K