🎵 Qoʻshiq matnlari

Shohrux (Ummon) - Men deya

1 daqiqa 3.7K marta oʻqildi
Shohrux (Ummon) - Men deya
Yuragim, bedor qoldi yuragim,
Sani deb qancha azoblarni koʻrdi bu yuragim.
Keragim, sanga yoʻqmi keragim?
Faqat sani baxtli qilish edi bitta tilagim.

Xayolim, faqat sanda xayolim,
Xatolar qilmaganingda boʻlar eding ayolim.
Xatoyim, ayt, ne edi xatoyim?
Axir sani asrab-avaylagan boʻlsam har doim.

Ha, yana biroz yonimda qoling deya,
Soʻrar eding mendan qilib iltimos.
Na bitta bir soʻz aytishingga ham arzimadimku,
Ishonmadim, nahot bu rost?

Dard, yana bu dard,
Jimlikda hasratlarimni sochmoqda, topa olmadimku baxt.
Ayt, yuragim ayt,
Nima uchun, kim uchun yonib-kuyding befoyda shuncha payt?

Yigʻladingmi men deya? Ayrilding kim deya?
Zoye ketdi shuncha orzularim,
Faqat bir sen deya.
Yigʻladingmi men deya? Ayrilding kim deya?
Zoye ketdimi shuncha vaqtlarim
Faqat bir sen deya?

Boʻladi, bari yaxshi boʻladi,
Kun kelib voz kechib, yurak bir kun taskin topadi.
Koʻnadi, koʻzlarim ham koʻnadi,
Ishonaman, uni koʻrmaslikka ham oʻrganadi.

Vaʼdalar, qani oʻsha vaʼdalar?
Shu savolni tinglab, qilib ketding zardalar.
Axir oʻzing bilib turibsan aybdorliging,
Qanchalar ogʻir botganda oʻzgaga zorliging.

Ha, yana biroz yonimda qoling deya,
Soʻrar eding mendan qilib iltimos.
Na bitta bir soʻz aytishingga ham arzimadimku,
Ishonmadim, nahot bu rost?

Dard, yana bu dard,
Jimlikda hasratlarimni sochmoqda, topa olmadimku baxt.
Ayt, yuragim ayt,
Nima uchun, kim uchun yonib-kuyding befoyda shuncha payt?

Yigʻladingmi men deya? Ayrilding kim deya?
Zoye ketdi shuncha orzularim,
Faqat bir sen deya.
Yigʻladingmi men deya? Ayrilding kim deya?
Zoye ketdimi shuncha vaqtlarim
Faqat bir sen deya?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!