Shahlo Ahmedova - Yurak

Yolgʻonmidi sevganing,
Sensan baxtim deganing?
Shuncha yil aldaganing
Menga qilar yomon alam.
Buzdi vaʼdasini ahd,
Armonga yengildi baxt,
Dardlarim yuvmaydi vaqt,
Menga qilar yomon alam.
Koʻksimda urgan yurak, yurak,
Sensiz ne kerak, kerak, kerak?
Yolgʻonmidi sevganing? –
Soʻraydi yurak, yurak, yurak. (x2)
Unutaylik, dema bunchalar oson,
Shuncha yillik baxtni etmagin xazon.
Ne boʻldi oʻzi, ayt qarab koʻzimga,
Soʻyla dardingni, jonim, yuzimga.
Balki berolmadim senga men mehr,
Hayot gohi shirin, gohida taxir.
Ne boʻldi oʻzi, ayt qarab koʻzimga,
Soʻyla dardingni, jonim, yuzimga.
Koʻksimda urgan yurak, yurak,
Sensiz ne kerak, kerak, kerak?
Yolgʻonmidi sevganing? –
Soʻraydi yurak, yurak, yurak. (x2)
Sensan baxtim deganing?
Shuncha yil aldaganing
Menga qilar yomon alam.
Buzdi vaʼdasini ahd,
Armonga yengildi baxt,
Dardlarim yuvmaydi vaqt,
Menga qilar yomon alam.
Koʻksimda urgan yurak, yurak,
Sensiz ne kerak, kerak, kerak?
Yolgʻonmidi sevganing? –
Soʻraydi yurak, yurak, yurak. (x2)
Unutaylik, dema bunchalar oson,
Shuncha yillik baxtni etmagin xazon.
Ne boʻldi oʻzi, ayt qarab koʻzimga,
Soʻyla dardingni, jonim, yuzimga.
Balki berolmadim senga men mehr,
Hayot gohi shirin, gohida taxir.
Ne boʻldi oʻzi, ayt qarab koʻzimga,
Soʻyla dardingni, jonim, yuzimga.
Koʻksimda urgan yurak, yurak,
Sensiz ne kerak, kerak, kerak?
Yolgʻonmidi sevganing? –
Soʻraydi yurak, yurak, yurak. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!