Faxriddin Umarov - Sen borsan

Jahonimning ulki shodligi –
Jahonda chunki sen borsan.
Meni koʻp sarfarog‘ etgan
Oʻzingsan, sevgili yorsan.
Sogʻinsam men, soʻrar doʻstlar,
Parishonlikni anglatgin.
Parishon holi zorimdan,
Yagona sen xabardorsan.
Parishon holi zorimdan,
Yagona sen xabardorsan.
Vafo dostonin bitmakni
Tilab men ham qalam yoʻndim. (x2)
Ajab bir oliyhimmatsan,
Bu ishqda menga hamkorsan. (x2)
Yana dostonga ziynatsan,
Vafodorlik uning nomi.
Bu doston elda aytilgay,
Sabab shu – san vafodorsan.
Vafodoring vasli avval
Senga tanho edi orzu. (x2)
Yetib orzularingga yor,
Visolin topgan anvarsan. (x2)
Jahonda chunki sen borsan.
Meni koʻp sarfarog‘ etgan
Oʻzingsan, sevgili yorsan.
Sogʻinsam men, soʻrar doʻstlar,
Parishonlikni anglatgin.
Parishon holi zorimdan,
Yagona sen xabardorsan.
Parishon holi zorimdan,
Yagona sen xabardorsan.
Vafo dostonin bitmakni
Tilab men ham qalam yoʻndim. (x2)
Ajab bir oliyhimmatsan,
Bu ishqda menga hamkorsan. (x2)
Yana dostonga ziynatsan,
Vafodorlik uning nomi.
Bu doston elda aytilgay,
Sabab shu – san vafodorsan.
Vafodoring vasli avval
Senga tanho edi orzu. (x2)
Yetib orzularingga yor,
Visolin topgan anvarsan. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!