🎵 Qoʻshiq matnlari

Dildora Niyozova - Beyurak

2.3K marta oʻqildi
Dildora Niyozova - Beyurak
Menga qara, nima koʻryapsan?
Shunchaki muzlagan tanam.
Oʻzga dilni erkalayapsan,
Qolaverdim qarab jimgina.

Yolgʻonlaring, hijronlaring
Yuragimni nimtalar.
Koʻz yoshlarim, bardoshlarim
Yetmadimi shunchalar?

Beyurak, ho yurak,
Unutolmayman, kechirolmayman.
Beyurak, ho yurak,
Bevafoni unutgin, yurak.

Menga qara, koʻzlarimga boq,
Rangsiz dunyolar ichraman.
Qarshimdasan, yuraging uzoq,
Baxtsizman, hayotingda man.

Yolgʻonlaring, hijronlaring
Yuragimni nimtalar.
Koʻz yoshlarim, bardoshlarim
Yetmadimi shunchalar?

Beyurak, ho yurak,
Unutolmayman, kechirolmayman.
Beyurak, ho yurak,
Bevafoni unutgin, yurak. (x1+x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!