Yulduz Usmonova - Bahor boʻladi

Oʻtadi-ketadi bu kechayu-kunduzlar,
Biz kulib yashasak-yashamasak.
Keladi-ketadi yana fasli bahor-kuzlar,
Biz uni kutsakda-kutmasakda.
Gohida koʻzimiz kular-u dil yigʻlaydi,
Biri kam dunyoning armonida.
Hali ham kimgadir nimadir yetishmasmikan,
Hayotning maʼnoli yoʻllarida?
Yuraklar urishdan tinmasa,
Hasaddan dil ogʻrimasa,
Albatta Xudo xohlasa,
Har bir kunimiz bahor boʻladi. (x2)
Sogʻinib-sogʻinib yashagay har bir yurak,
Hammadan koʻproq oʻz bahorini.
Borida asrasin, degani shumi demak,
Eng yaqin doʻstini, oʻz yorini.
Jonimiz, tanimiz bir hayot kemasida,
Oʻxshaymiz bir daraxt mevasiga.
Kechagi kunimiz armonga aylanar,
Ulgurib boʻlmagay hammasiga.
Yuraklar urishdan tinmasa,
Hasaddan dil ogʻrimasa,
Albatta Xudo xohlasa,
Har bir kunimiz bahor boʻladi.
Biz kulib yashasak-yashamasak.
Keladi-ketadi yana fasli bahor-kuzlar,
Biz uni kutsakda-kutmasakda.
Gohida koʻzimiz kular-u dil yigʻlaydi,
Biri kam dunyoning armonida.
Hali ham kimgadir nimadir yetishmasmikan,
Hayotning maʼnoli yoʻllarida?
Yuraklar urishdan tinmasa,
Hasaddan dil ogʻrimasa,
Albatta Xudo xohlasa,
Har bir kunimiz bahor boʻladi. (x2)
Sogʻinib-sogʻinib yashagay har bir yurak,
Hammadan koʻproq oʻz bahorini.
Borida asrasin, degani shumi demak,
Eng yaqin doʻstini, oʻz yorini.
Jonimiz, tanimiz bir hayot kemasida,
Oʻxshaymiz bir daraxt mevasiga.
Kechagi kunimiz armonga aylanar,
Ulgurib boʻlmagay hammasiga.
Yuraklar urishdan tinmasa,
Hasaddan dil ogʻrimasa,
Albatta Xudo xohlasa,
Har bir kunimiz bahor boʻladi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!