🎵 Qoʻshiq matnlari

Dildora Niyozova - Yonma yurak

2.5K marta oʻqildi
Dildora Niyozova - Yonma yurak
Mana yana sevgi suvin ichdi yurak,
Mana yana oʻz-oʻzidan kechdi yurak.
Bilmam, yana qancha yonish-kuyish kerak,
Mana yana oʻz joyidan koʻchdi yurak.

Yonma yurak, kuyma yurak, suyma yurak,
Yana jonim azoblarga qoʻyma yurak.
Qadring bilmaganni sevish nega kerak?
Qachongacha eshitursan yolgʻon ertak?

Yurak, seni oʻzi ne oʻy oʻrtamoqda?
Sevgin, deya seni ne koʻy undamoqda?
Sening darding boʻlak, uning dardi boʻlak,
Sen qayoqdasan-u yurak, u qayoqda?

Toʻymadingmi shuncha yonib yolgʻonlardan,
Shuncha alam, xiyonatu-hijronlardan?
Toʻymadingmi shuncha yonib yolgʻonlardan,
Shuncha alam, xiyonatu-hijronlardan?

Yonma yurak, kuyma yurak, suyma yurak,
Yana jonim azoblarga qoʻyma yurak.
Qadring bilmaganni sevish nega kerak?
Qachongacha eshitursan yolgʻon ertak? (x2+x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!