🎵 Qoʻshiq matnlari

Shoxrux - Endi begona

1 daqiqa 2.2K marta oʻqildi
Shoxrux - Endi begona
Koʻkka boqib, urgim kelar faryod har yod olganimda uni,
Degim keladi dod, nega hayot barbod, nahotki umrbod?
Endi oʻzga bir zot etadi shod yorni,
Yaxshisi qurol bilan kelgin, yuragimga ot mani.

Koʻksimni ochdim, sevgim qancha begona nigohlardan olib qochdim,
Birov biror soʻz deya koʻrsa, jahlimni sochdim.
Qaysi xato uchun bunday jazolamoqdasan mani?
Mutloq gʻolib bildim sani, yutugʻing nishonla qani.

Yana qil tantana, axir mani ham mana judo etib tanam,
Ezib goʻzal sanam, ketdi tanlab oʻzgani.
Tashvishdaman oʻylab uni, uning esa yuzlarida tabassum,
Shudir alam qilgani.

Laʼli labli, nozik tabli, lazzat gapli etdi jabr,
Bilmaysandir, bilmaysandir.
Derdi: habibi zorimsan, guvoh Rabbim – san borimsan,
Nechun unda, soʻzla suluv, endi begona yorimsan? (x2)

Mayliga roziman, deyman taqdir, chaqdir chaqmogʻing,
Boshimga toshlaringni yogʻdir, axir faqat taxir.
Hamda bir xil yashayotgan hayot umrim boʻldi,
Bilganing qil, yetar, sabr tugadi, endi baribir chiqdi jahl.

Istaysan ne qilishimni sevgan kishimni?
Iliq mehrla isitgan qahraton sovuq qishimni?
Ishingni qara qilgan, zoʻrgʻa tishimga tishimni
Qoʻyib, kuyib chidayman, yorim tark etdi ogʻushimni!

Baxtga toʻygan qalb ayni damda endi dardu gʻamda,
Badanda, tanda ogʻriq, chunki nimadirlar kam-da.
Alamda alamim olaman qoʻlimdagi qalamdan,
Olamda yolgʻiz qoldim, ayrildim u goʻzal sanamdan.

Bas, ortiq qaltis hazil-huzullaring qilaverma,
Hazilning tagi zil, bagʻrimni tilaverma.
Undan koʻra yaxshilik qil, ustimdan kulaverma,
Yaram tuzlab, beshafqat boʻlavermay.

Laʼli labli, nozik tabli, lazzat gapli etdi jabr,
Bilmaysandir, bilmaysandir.
Derdi: habibi zorimsan, guvoh Rabbim – san borimsan,
Nechun unda, soʻzla suluv, endi begona yorimsan? (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Samadjon Ruzmetov - Yor-yor

15-aprel, 20204.7K