Shohruhxon - Ayol

Dugonasi gul bilan rayhon,
Bardoshiga togʻu tosh hayron,
Kim desangiz bu aziz inson –
Aziz ayol, aziz ayol.
U onadir, poyi jannat,
Goʻzal yordir, sevgisi hikmat.
Qizaloqdir, kulgusi lazzat,
Aziz ayol, aziz ayol.
Ayol qalbi goʻzal,
Ayol qalbi, u goʻzal.
Ertaklarni eslatar,
Yulduzlarga u oʻxshar. (x2)
Yigit qalbin ishq bilan yoqqan,
Mehr berib, jim qiyo boqqan,
Yuragida ishq daryo oqqan,
Aziz ayol, aziz ayol.
Yuzlarida bahor gullari,
Soʻzlaganda shirin tillari,
Bizga fido goʻzal yillari,
Aziz ayol, aziz ayol.
Ayol qalbi goʻzal,
Ayol qalbi, u goʻzal.
Ertaklarni eslatar,
Yulduzlarga u oʻxshar. (x2)
Bardoshiga togʻu tosh hayron,
Kim desangiz bu aziz inson –
Aziz ayol, aziz ayol.
U onadir, poyi jannat,
Goʻzal yordir, sevgisi hikmat.
Qizaloqdir, kulgusi lazzat,
Aziz ayol, aziz ayol.
Ayol qalbi goʻzal,
Ayol qalbi, u goʻzal.
Ertaklarni eslatar,
Yulduzlarga u oʻxshar. (x2)
Yigit qalbin ishq bilan yoqqan,
Mehr berib, jim qiyo boqqan,
Yuragida ishq daryo oqqan,
Aziz ayol, aziz ayol.
Yuzlarida bahor gullari,
Soʻzlaganda shirin tillari,
Bizga fido goʻzal yillari,
Aziz ayol, aziz ayol.
Ayol qalbi goʻzal,
Ayol qalbi, u goʻzal.
Ertaklarni eslatar,
Yulduzlarga u oʻxshar. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!