Jambul Muhammedov - Alvido

Mayin sochlaring shamolda essa,
Ohu koʻzlaring alvido deb soʻzlar.
Alvido dema, kel shu jonim ol,
Alvido jonim, deysan yaxshi qol.
Sen bilan oʻtgan kunlarim guvoh,
Tashlab ketishing qildingmi ogoh?
Yurak tez urar, qiynalar shu chog‘,
Bu qanday firoq? Bu qanday titroq?
Sen-da yosh, men-da yosh, alvido-alvido,
Eh sen bebosh, alvido-alvido.
Yurak qiynalar berolmay bardosh,
Berolmay bardosh, jonim alvido. (x2)
Yomgʻirlar mening koʻz yoshlarimdur,
Yulduzlar tunda sirdoshlarimdur.
Parvo qilmaysan mening holimga,
Yetmagaydurman balki qadringga.
Tunlari yolgʻiz seni oʻylayman,
Alvido, deya qoʻshiq kuylayman.
Seni sevganim xatoyim mening,
Endi koʻrmayman jonginam seni.
Sen-da yosh, men-da yosh, alvido-alvido,
Eh sen bebosh, alvido-alvido.
Yurak qiynalar berolmay bardosh,
Berolmay bardosh, jonim alvido. (x2+x2)
Ohu koʻzlaring alvido deb soʻzlar.
Alvido dema, kel shu jonim ol,
Alvido jonim, deysan yaxshi qol.
Sen bilan oʻtgan kunlarim guvoh,
Tashlab ketishing qildingmi ogoh?
Yurak tez urar, qiynalar shu chog‘,
Bu qanday firoq? Bu qanday titroq?
Sen-da yosh, men-da yosh, alvido-alvido,
Eh sen bebosh, alvido-alvido.
Yurak qiynalar berolmay bardosh,
Berolmay bardosh, jonim alvido. (x2)
Yomgʻirlar mening koʻz yoshlarimdur,
Yulduzlar tunda sirdoshlarimdur.
Parvo qilmaysan mening holimga,
Yetmagaydurman balki qadringga.
Tunlari yolgʻiz seni oʻylayman,
Alvido, deya qoʻshiq kuylayman.
Seni sevganim xatoyim mening,
Endi koʻrmayman jonginam seni.
Sen-da yosh, men-da yosh, alvido-alvido,
Eh sen bebosh, alvido-alvido.
Yurak qiynalar berolmay bardosh,
Berolmay bardosh, jonim alvido. (x2+x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!