🎵 Qoʻshiq matnlari

Imron - Toʻy boʻladi

4.1K marta oʻqildi
Imron - Toʻy boʻladi
Uchradi manga oʻsha qiz yana,
Yuragim etdi unga jiz yana.
Xuddi siz xohlaganingizdek, ona,
Boʻlasiz endi qaynona.

Buni sevgi deydilar hoyna-hoy,
Bu oʻsha yomon qizda, yoqimtoy.
Voy, otasin bitta qizi, erkatoy,
Goʻyoki osmondagi oy.

Tez kunda toʻy boʻladi,
Bu kunlar yaqin – yuragim sezadi.
Toʻyimga Sherali, Yulduz keladi,
Siz duolar qiling, ona.

Tez kunda toʻy boʻladi,
Uyimizga yana mehmon toʻladi.
Toʻyimizda hamma oʻynab-kuladi,
Siz duolar qiling, ota.

Bilaman, bu bir taqdiri azal –
Uchrashi menga oʻsha bir goʻzal.
Oʻsha qiz hayotimni qildi hal,
Oʻzidan soʻzlari asal.

Gaplarim boʻlib ketdi poyma-poy,
Yonimga tushdi goʻyo toʻlin oy.
Voy-voy, yuragida olib boʻldi sevgi joy,
Qaydasan, ey “Yakkasaroy”?

Tez kunda toʻy boʻladi,
Bu kunlar yaqin – yuragim sezadi.
Toʻyimga Sherali, Yulduz keladi,
Siz duolar qiling, ona.
Tez kunda toʻy boʻladi,
Uyimizga yana mehmon toʻladi.
Toʻyimizda hamma oʻynab-kuladi,
Siz duolar qiling, ota. (x1+x1)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!