🎵 Qoʻshiq matnlari

Faridam - Izladim

2.2K marta oʻqildi
Faridam - Izladim
Men sizni olov ichra bir oh boʻlib izladim,
Yurak-bagʻrim sogʻinchga panoh boʻlib izladim. (x2)
Rost aytib, gul tutdilar, dil tutdilar netarman,
Begona iz tushmagan dargoh boʻlib izladim. (x2)

Izladim, izladim, bir oh boʻlib izladim,
Izladim, izladim, dargoh boʻlib izladim.
Yurak-bagʻrim sogʻinchga panoh boʻlib izladim,
Begona iz tushmagan dargoh boʻlib izladim.

Sochlarim qop-qoradur, qop-qoradur koʻzlarim,
Qoralangan kunlarga hamroh boʻlib izladim. (x2)
Tovonimda tikanlar, toshlarda lolarang soʻz,
Sitamlarga sabrli sayyoh boʻlib izladim. (x2)

Izladim, izladim, bir oh boʻlib izladim,
Izladim, izladim, dargoh boʻlib izladim.
Yurak-bagʻrim sogʻinchga panoh boʻlib izladim,
Begona iz tushmagan dargoh boʻlib izladim.

Izladim, izladim, bir oh boʻlib izladim,
Yurak-bagʻrim sogʻinchga panoh boʻlib izladim.
Begona iz tushmagan dargoh boʻlib izladim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Soundtrack - Jonim meni jonim

16-aprel, 20203.8K