🎵 Qoʻshiq matnlari

Dildora Niyozova - Eh ayollar

1.9K marta oʻqildi
Dildora Niyozova - Eh ayollar
Bir paytlar ayollar gulday nozik hur edi,
Erkaklar ham rashki zoʻr, koʻksida gʻurur edi.
Bilmam bizga ne boʻldi, hayot oʻzgardimikan?
Oxiratning daragi – ayol ustun boʻldimi?

Eh ayollar, ayollar, siz Layli-yu Zuhrolar,
Qadringizni toʻkdimi zeb-u, zar-u, tillolar?
Eh ayollar, ayollar, biz hayoli zebolar,
Qadrimizni toʻkdimi oʻtkinchi mol-dunyolar?

Erkakman, degan olsin ayolining koʻnglini,
Shunda dunyo jannat boʻlar, har kim bilsa oʻrnini. (x2)
Qirq kokilda 40 ta noz oʻynasa yaxshimasmi?
Shu noz bilan yor jonin qiynasa yaxshimasmi? (x2)

Eh ayollar, ayollar, siz Layli-yu Zuhrolar,
Qadringizni toʻkdimi zeb-u, zar-u, tillolar?
Eh ayollar, ayollar, biz hayoli zebolar,
Qadrimizni toʻkdimi oʻtkinchi mol-dunyolar?

Oydek orzu yaraldi yuragim orasida,
Orom olsin ayollar yorining soyasida. (x2)
Qirq kokilda 40 ta noz oʻynasa yaxshimasmi?
Shu noz bilan yor jonin qiynasa yaxshimasmi? (x2)

Eh ayollar, ayollar, siz Layli-yu Zuhrolar,
Qadringizni toʻkdimi zeb-u, zar-u, tillolar?
Eh ayollar, ayollar, biz hayoli zebolar,
Qadrimizni toʻkdimi oʻtkinchi mol-dunyolar? {x2}
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!