🎵 Qoʻshiq matnlari

Gulsanam Mamazoitova - Mening koʻnglim

4.9K marta oʻqildi
Gulsanam Mamazoitova - Mening koʻnglim
Aytsam, dardlarimning dostoni uzun,
Boʻynimda taqdirning arqoni uzun.
Dunyoda eng gʻamgin nimadir boʻlsa,
Undanda gʻamginroq kuy mening koʻnglim.

Bogʻlar orasimas, tosh orasida,
Kunduz yorugʻimas, tun orasida,
Mehr faslidamas, qahr faslida
Bemahal gullagan gul mening koʻnglim,
Mening koʻnglim.

Kelaman bir kuni baxtning esiga,
Ishim, tashvishlarim tushar iziga.
Aylanaman bir kun bahor qiziga,
Quyoshga birlashar nur mening koʻnglim. (x2)

Kulgan koʻzlarimni kulmas qildilar,
Tuzoqlar qoʻydilar, gʻaraz qildilar.
Qora niyatlarin qafas qildilar,
Shamollar uchirgan kul mening koʻnglim.

Shamol ham turtarkan onasi yoʻqni,
Sassiz sarson boʻldim, yoʻqotdim yoʻlni.
Yonimda boʻlsangiz, yigʻlamasdim hech,
Sizga zor-intizor yoʻl mening koʻnglim,
Mening koʻnglim.

Kelaman bir kuni baxtning esiga,
Ishim, tashvishlarim tushar iziga.
Aylanaman bir kun bahor qiziga,
Quyoshga birlashar nur mening koʻnglim. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!