Hilola Hamidova - Qalbi koʻr

Koʻzlarim yosh toʻkdi tim-tim,
Sevganim bilmading lekin.
Berolmading, mehr edi tekin,
Ey, qalbi koʻr.
Achchiq soʻzlaringga koʻndim,
Yoningda gul edim – soʻndim.
Ishonmasdim, koʻzimla koʻrdim,
Xiyonatingni, qalbi koʻr.
Tashlab ketding, endi qaytma,
Yolgʻon qoʻshigʻingni menga aytma,
Ey qalbi koʻr, sensiz hammasi zoʻr. (x2)
Sevging ila yashar edim,
Yoningga koʻp shoshar edim,
Shunchalar qadrsizmidim,
Ey, qalbi koʻr?
Taʼrifingga bu til ojiz,
Sevar edim seni xolis.
Atalgansan deb “vijdonsiz”,
Ey, qalbi koʻr.
Tashlab ketding, endi qaytma,
Yolgʻon qoʻshigʻingni menga aytma,
Ey qalbi koʻr, sensiz hammasi zoʻr. (x2)
Sevganim bilmading lekin.
Berolmading, mehr edi tekin,
Ey, qalbi koʻr.
Achchiq soʻzlaringga koʻndim,
Yoningda gul edim – soʻndim.
Ishonmasdim, koʻzimla koʻrdim,
Xiyonatingni, qalbi koʻr.
Tashlab ketding, endi qaytma,
Yolgʻon qoʻshigʻingni menga aytma,
Ey qalbi koʻr, sensiz hammasi zoʻr. (x2)
Sevging ila yashar edim,
Yoningga koʻp shoshar edim,
Shunchalar qadrsizmidim,
Ey, qalbi koʻr?
Taʼrifingga bu til ojiz,
Sevar edim seni xolis.
Atalgansan deb “vijdonsiz”,
Ey, qalbi koʻr.
Tashlab ketding, endi qaytma,
Yolgʻon qoʻshigʻingni menga aytma,
Ey qalbi koʻr, sensiz hammasi zoʻr. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!