Baxtiyor Rahmonov - Alla (Zirapcha koʻrsatuviga soundtrack)

Oʻxshamaysan kalondimog‘ birovlarga,
Tavoze ila turishingni sevaman, bas.
Roʻmolingga osilgan gʻov sinovlarga
Sabr soʻrab yurishingni sevaman, bas.
O Mastura, charchamagin zikr aytib,
Sendaylar bir kelar yoki kelmas qaytib.
Roʻmollilar noyob boʻlib ketgan payti
Roʻmol oʻrab yurishingni sevaman, bas.
O Muslima, seni qanday ona tuqqan?
Bilmam, senga bunday iymon kimdan yuqqan?
Hijolatdan nazarimni yerga bukkan,
Yerga qarab yurishingni sevaman, bas.
Ishonsang gar, termulmadim yuzingga hech,
Koʻzim uzoq boqqan emas koʻzingga hech.
Meni oshiq demasinlar oʻzingga hech,
Haqni yaxshi koʻrishingni sevaman, bas.
(Desangiz, anglasin Mardum dilimni,
Yot xalq ham tushunsin mening tilimni.
Dunyoviy ilmmi, diniy ilmmi,
Yaratgan Robbingiz nomini oʻqing.
Koʻnglingizda bormi zarracha iymon,
Iymondoshim, sizning gʻamingiz yeyman.
Yaratgan Robbingiz soʻzila deyman,
Yaratgan Robbingiz nomila oʻqing. )
O Mastura, charchamagin zikr aytib,
Sendaylar bir kelar yoki kelmas qaytib.
Roʻmollilar noyob boʻlib ketgan payti
Roʻmol oʻrab yurishingni sevaman, bas.
Meni oshiq demasinlar oʻzingga hech,
Haqni yaxshi koʻrishingni sevaman, bas.
Tavoze ila turishingni sevaman, bas.
Roʻmolingga osilgan gʻov sinovlarga
Sabr soʻrab yurishingni sevaman, bas.
O Mastura, charchamagin zikr aytib,
Sendaylar bir kelar yoki kelmas qaytib.
Roʻmollilar noyob boʻlib ketgan payti
Roʻmol oʻrab yurishingni sevaman, bas.
O Muslima, seni qanday ona tuqqan?
Bilmam, senga bunday iymon kimdan yuqqan?
Hijolatdan nazarimni yerga bukkan,
Yerga qarab yurishingni sevaman, bas.
Ishonsang gar, termulmadim yuzingga hech,
Koʻzim uzoq boqqan emas koʻzingga hech.
Meni oshiq demasinlar oʻzingga hech,
Haqni yaxshi koʻrishingni sevaman, bas.
(Desangiz, anglasin Mardum dilimni,
Yot xalq ham tushunsin mening tilimni.
Dunyoviy ilmmi, diniy ilmmi,
Yaratgan Robbingiz nomini oʻqing.
Koʻnglingizda bormi zarracha iymon,
Iymondoshim, sizning gʻamingiz yeyman.
Yaratgan Robbingiz soʻzila deyman,
Yaratgan Robbingiz nomila oʻqing. )
O Mastura, charchamagin zikr aytib,
Sendaylar bir kelar yoki kelmas qaytib.
Roʻmollilar noyob boʻlib ketgan payti
Roʻmol oʻrab yurishingni sevaman, bas.
Meni oshiq demasinlar oʻzingga hech,
Haqni yaxshi koʻrishingni sevaman, bas.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!