Soundtrack - Jonim meni jonim
Jimjitlik sirdoshim, qayerda quyoshim?
Otmayapti tonglar, yurakda koʻz yoshim.
Kelganida sahar uygʻonadi shahar,
Ogʻirlashmoqda mening holim kundan kun battar.
Jonim, mening jonim,
Chaqirsam seni, javobi oddiy aks sado.
Jonim, mening jonim,
Menga ne boʻldi, ne boʻldi, qildimmi xato?
Yoʻq, yoʻq, unutolmaysan,
Axir shuncha goʻzal kunlar ertak emasdi.
Yoʻq, yoʻq, unutolmaysan,
Gar unutsang, tanangdagi – yurak emasdir.
Aqldan ozaman, nelardir yozaman,
Endi ilhomlarim – sendan qolgan lab boʻyogʻi.
Sezmayman oʻzimni, yumaman koʻzimni,
Sekin koʻnikaman, yolgʻizlik endi bu yogʻi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!