🎵 Qoʻshiq matnlari

Faridam - Sen

2.3K marta oʻqildi
Faridam - Sen
Talpinib oʻtadi umr,
Bor ekan qalbimizda sabr.
Ishonib yashasam oʻzingga,
Sindirolmaydi meni.

Doʻst boʻlib gohida alamga,
Gohida tuz sepib yaramga,
Yana toʻkdim dardlarimni,
Oʻsha oq qogʻoz, qalamga.

Sen qani dardlarim olsang,
Bugun yonimda boʻlsang,
Jim turma, bir soʻz de.
O yoʻq dema, yuragim yonar,
Qalbim sen tomon borar,
Oʻylama, bir soʻz de.

Foydasiz, bilaman, yoshlarim,
Befoyda oqardi sochlarim.
Yana shuncha dardni koʻrsa,
Bosadi yuzimni ajin.

Qalbimga sol olovlaringni,
Tinglagin san soʻzlarimni,
Chidamoqlik bizlarga xos,
Chidadim, yana chidayman oz.

Sen qani dardlarim olsang,
Bugun yonimda boʻlsang,
Jim turma, bir soʻz de.
O yoʻq dema, yuragim yonar,
Qalbim sen tomon borar,
Oʻylama, bir soʻz de. (x1+x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Soundtrack - Jonim meni jonim

16-aprel, 20203.8K