🎵 Qoʻshiq matnlari

Gʻulomjon Yoqubov - Hurmisan

1.6K marta oʻqildi
Gʻulomjon Yoqubov - Hurmisan
Hurmisan, hurzormisan?
Hijrondan ozodmisan?
Oh, lablari qand misoli,
Shakkaru-novvotmisan?
Bay-bay-bay.

Gulnigoh oy malagim,
Qormisol oq bilagim. (x2)
Qo`lingda olma kabi
O`ynab turar yuragim. (x2)
O`ynab turar yuragim.

Jon, jonim-ey, sani
Berkitib qo`ygim kelar.
Yor, yorim-ey, sani
Boshqacha sevgim kelar. (x2)

Ey, tishi inju sadaf,
Sevgimga o`zing sabab. (x2)
O`zgalar bir tomonu,
Men bo`lsam, bir yon taraf. (x2)

Adoying sani necha,
Shaydoying sani necha? (x2)
Kipriging qatorida
Bo`lsaydim kunduz-kecha. (x2)

Jon, jon, jonim-a, sani
Berkitib qo`ygim kelar.
Yor, yorim-ey, sani
Eh, boshqacha sevgim kelar. (x2)

Kel, endi qilmay mushtoq,
Qalbimga bosgin oyoq. (x2)
Qalbimga berkitsam-ey,
Nigohing bo`lsin chiroq. (x2)

Jon, jonim-ey, sani
Berkitib qo`ygim kelar.
Yor, yorim-ey, sani
Oh, boshqacha sevgim kelar. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!