Komiljon Otaniyozov - Yor qaro koʻzlaring (Na tilar mandan)

Panjaradan moyil-moyil boqar yor,
Yor, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Shirin jonim ishq oʻtina yoqar yor,
Yor, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Jonim, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Shul qaro koʻzingga banda boʻlayin,
Man sandan ayrilib, kanda boʻlayin,
Man bir tillo uzuk, sanda boʻlayin,
Yor, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Shul qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Sahar erta turib, boqaman har yona,
Man yorni koʻrmasam qolaman armona.
Nega koʻzim tushdi, qoldim hayrona,
Yor, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Jonim, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Koʻzlaring jalloddur, olar jonimni,
Kipriging nashtardur – toʻkar qonimni,
San tilasang – man berayin jonimni,
Yor, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Ming kunlik koʻnglidan ketmas gumoni,
Bulbulning dastidin gulning gumoni.
Sayyodxon Hamroning fikru-xayoli,
Yor, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Yor, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Yor, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Shirin jonim ishq oʻtina yoqar yor,
Yor, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Jonim, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Shul qaro koʻzingga banda boʻlayin,
Man sandan ayrilib, kanda boʻlayin,
Man bir tillo uzuk, sanda boʻlayin,
Yor, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Shul qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Sahar erta turib, boqaman har yona,
Man yorni koʻrmasam qolaman armona.
Nega koʻzim tushdi, qoldim hayrona,
Yor, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Jonim, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Koʻzlaring jalloddur, olar jonimni,
Kipriging nashtardur – toʻkar qonimni,
San tilasang – man berayin jonimni,
Yor, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Ming kunlik koʻnglidan ketmas gumoni,
Bulbulning dastidin gulning gumoni.
Sayyodxon Hamroning fikru-xayoli,
Yor, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Yor, qaro koʻzlaring na tilar mandan?
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!