Botir Qodirov - Xoji onam

Duo qilib tinmagan, bu dunyoda bir donam,
Tangrim suyib, siylagan, xoji onam, boy onam. (x2)
Osmonimda oy onam, mehri buloq, soy onam,
Baxtimga ming yil yashang, xoji onam, boy onam. (x2)
Davlati – farzandlari, mehnati savlatlari, {x2}
Yoʻq sira minnatlari, xoji onam, boy onam. {x2}

Mehrga boy qalbingiz, oʻzim olay dardingiz,
Aziz hatto gardingiz, xoji onam, jon onam.
Olloh uyini koʻrgan, Makkaga qadam qoʻygan,
Oʻsmalar qoʻyib yurgan, xoji onam, jon onam.
Issiq nonlar yoparman, har tarafga choparman,
Koʻnglingizni toparman-yey, xoji onam, jon onam. (x2)

Xoji onam, boy onam, hey omon boʻling, jon onam.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!