🎵 Qoʻshiq matnlari

Nilufar Saidova - Sen uchun

1.2K marta oʻqildi
Sendan oʻzgaga koʻngil berolmasam netayin?
Bedor tunlarimni faqat senga baxsh etayin.
Dilda umidlarim, orzularim soʻnsa ham,
Doim bu dunyoda sevgim uchun yashayin.

Sen uchun, sen uchun begʻubor tuygʻularum,
Sen uchun, sen uchun bepoyon orzularim.
Sen uchun, sen uchun dildagi muhabbatim,
Sen uchun, sen uchun yolgʻizim, sen uchun. (x2)

Sevgim olislarga chorlaydi xayollarimni,
Har dam his etib yashayman baxtiyorligimni.
Senga sevgimni oshkora aytolmasam ham,
Qalbim, koʻzlarim yashirolmas muhabbatimni.

Sen uchun, sen uchun begʻubor tuygʻularum,
Sen uchun, sen uchun bepoyon orzularim.
Sen uchun, sen uchun dildagi muhabbatim,
Sen uchun, sen uchun yolgʻizim, sen uchun. (x2+x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Isliyo guruhi - Unut boʻldimi

16-aprel, 20201.8K