🎵 Qoʻshiq matnlari

Botir Qodirov - Doʻst

2.2K marta oʻqildi
Botir Qodirov - Doʻst
Doʻst asqotar bosh bukilsa kulfatlardan,
Kulfatlarni topar odam ulfatlardan. (x2)
Sen doʻst qidir, ulfatga koʻp ishonmagin,
Saqlar Oʻzi shayton odamsifatlardan. (x2)

Jonga oro kiruvchi doʻst qadriga yet,
Bir doʻst aʼlo ming xazina, ziynatlardan.
Jonga orom kiruvchi doʻst qadriga yet,
Bir doʻst aʼlo ming xazina, ziynatlardan.

Ostonangdan ketmay koʻzing yogʻin yalab,
Ulfat hazar qilmas xatto tuhmatlardan.
Haqiqiy doʻst – doʻstingman deb aytmaydi hech,
Ajratib ol sen lochinni kalxatlardan.

Jonga oro kiruvchi doʻst qadriga yet,
Bir doʻst aʼlo ming xazina, ziynatlardan.
Jonga orom kiruvchi doʻst qadriga yet,
Bir doʻst aʼlo ming xazina, ziynatlardan.

Vafo nima qilsin qomat, suvratlarda?
Sadoqatni izla botin siyratlardan.
Koʻkda yolgʻiz Xudo doʻsting, demak Yerdan
Doʻst tanlagin Muhammadga ummatlardan.

Jonga oro kiruvchi doʻst qadriga yet,
Bir doʻst aʼlo ming xazina, ziynatlardan.
Jonga orom kiruvchi doʻst qadriga yet,
Bir doʻst aʼlo ming xazina, ziynatlardan.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!