🎵 Qoʻshiq matnlari

Umar Shamsiyev - Lolam

1.8K marta oʻqildi
Umar Shamsiyev - Lolam
Tunlari koʻzga uyqu kelmaydi,
Yurak seni tinmayin soʻraydi.
Sening yuraging buni his etmaydi,
Ayt, ne qilay, bilmadi lolam.

Poyingga atirgullar sochaymi?
Yuragimni kuy bilan ochaymi?
Yoki aytgin, sevgimdan kechaymi?
Ayt, ne qilay, bilmadi lolam.

Qiynama, azoblama yuragimni, lola,
Izlama bahonalar, dilimda ming nola.
Hayotim yoʻllarida sen ila boʻlay,
Seni baxtga eltayin, lolam. (x2)

Baxtim oʻzing, dardim oʻzing, bilgin,
Yorim boʻlib, bir umrga qolgin.
Baxtga toʻlib doim lolam, kulgin,
Yuragingga yetmadi nolam.

Sensiz bahorim bahor boʻlmaydi,
Xazonlar kabi armon qoplaydi.
Qani, yuraging sevgimni sezsaydi,
Ayt, ne qilay, yagonam lolam?

Qiynama, azoblama yuragimni, lola,
Izlama bahonalar, dilimda ming nola.
Hayotim yoʻllarida sen ila boʻlay,
Seni baxtga eltayin, lolam. (x2+x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!