Bunyod Saidov - Oʻxshagim kelmaydi

Oʻzimga yarasha holim bor,
Birovlar mehrimni bilmaydi. (x2)
Yigitman, koʻksimda orim bor,
Birovga oʻxshagim kelmaydi. (x2)
Osmonda yurganga oʻxshayman,
Baʼzilar nazarga ilmaydi. (x2)
Hattoki, doʻstlarim boshqacha,
Birovga oʻxshagim kelmaydi. (x2)
Oddiyroq odamni sevaman,
Gʻiybatlar quloqqa kirmaydi. (x2)
Sevsam ham, telbadek sevaman,
Birovga oʻxshagim kelmaydi. (x2)
Tilimku qoʻshiq deb yaralgan,
Xudoyim xohlasa tinmaydi. (x2)
Birovlar qoʻshigʻin soʻramang,
Birovga oʻxshagim kelmaydi. (x2)
Kimnidir sogʻinib yashayman,
Odamlar jonimga tegmaydi. (x2)
Ulgʻayib oʻstirgan vatandek,
Birovga oʻxshagim kelmaydi. (x2)
Dovonlar oshaman, yoʻlim bor,
Koʻksimda armonlar gullaydi. (x2)
Bir boshda bir marta oʻlim bor,
Birovga oʻxshagim kelmaydi. (x2)
Birovga oʻxshagim kelmaydi,
Ey, birovga oʻxshagim kelmaydi.
Birovlar mehrimni bilmaydi. (x2)
Yigitman, koʻksimda orim bor,
Birovga oʻxshagim kelmaydi. (x2)
Osmonda yurganga oʻxshayman,
Baʼzilar nazarga ilmaydi. (x2)
Hattoki, doʻstlarim boshqacha,
Birovga oʻxshagim kelmaydi. (x2)
Oddiyroq odamni sevaman,
Gʻiybatlar quloqqa kirmaydi. (x2)
Sevsam ham, telbadek sevaman,
Birovga oʻxshagim kelmaydi. (x2)
Tilimku qoʻshiq deb yaralgan,
Xudoyim xohlasa tinmaydi. (x2)
Birovlar qoʻshigʻin soʻramang,
Birovga oʻxshagim kelmaydi. (x2)
Kimnidir sogʻinib yashayman,
Odamlar jonimga tegmaydi. (x2)
Ulgʻayib oʻstirgan vatandek,
Birovga oʻxshagim kelmaydi. (x2)
Dovonlar oshaman, yoʻlim bor,
Koʻksimda armonlar gullaydi. (x2)
Bir boshda bir marta oʻlim bor,
Birovga oʻxshagim kelmaydi. (x2)
Birovga oʻxshagim kelmaydi,
Ey, birovga oʻxshagim kelmaydi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!