🎵 Qoʻshiq matnlari

Shohjahon Omonov - Sochi uzun qiz

2.9K marta oʻqildi
Shohjahon Omonov - Sochi uzun qiz
Qalbimning egasi, yuragim sizda,
Sochlari uzun, goʻzal bir qizda.
Oppoq orzulari sochidan uzun,
Uyaladi hatto qop-qorongʻu tun.

Xayollarim oʻynar sochi yoyilsa,
Tabassum yuzida guldek ochilsa.
Kiprigi misli yuragim tori,
Oʻynab ketar hatto qalbim dutori. {x2}

Usiz xasta yurak yurakmi,
Goʻzal qizlar menga kerakmi?
Oy jamolin koʻrganim zamon,
Yoʻq boʻladi qalbimdan armon. (x2)

Ado qilar meni bir kun jamoli,
Totlidir baribir uning qiynogʻi.
Uzun sochlariga toʻkilsa yoshim,
Uning qarshisida egildi boshim.

Usiz xasta yurak yurakmi,
Goʻzal qizlar menga kerakmi?
Oy jamolin koʻrganim zamon,
Yoʻq boʻladi qalbimdan armon. (x2+x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!