Iskandar Latipov - Opajonim baxtli boʻling

Necha yillab aziz bir oshyonda jon,
Bir oʻgʻildan, qizdan uzmay nigohin,
Ota uyida qiz ham aslida mehmon,
Opajonim, baxtli boʻling, ilohim! (x2)
Aziz uyda ne-ne kunlar oʻtmagan,
Koʻz oldimdan xotiralar bitmagan,
Hali bosgan izlaringiz ketmagan,
Opajonim, baxtli boʻling, ilohim! (x2)
Uka boʻlib, yoʻq boʻlsa ham bor bilan,
Kuningizga yaray shunday kor bilan.
Uzatyabman yelkamdagi or bilan,
Opajonim, baxtli boʻling, ilohim! (x2)
Dunyolardan ortiq boʻlgan gavharim,
Oq libosga burkangan siz dilbarim,
Xudo bergan yolgʻizgina jigarim,
Opajonim, baxtli boʻling, ilohim! (x2)
Oʻzga uyda kutar kutgan yoringiz,
Bir umrlik sodiq vafodoringiz.
Aytib boray, opa, men yor-yoringiz,
Opajonim, baxtli boʻling, ilohim! (x2)
Uka boʻlib, yoʻq boʻlsa ham bor bilan,
Kuningizga yaray shunday kor bilan.
Uzatyabman yelkamdagi or bilan,
Opajonim, baxtli boʻling, ilohim! (x4)
Bir oʻgʻildan, qizdan uzmay nigohin,
Ota uyida qiz ham aslida mehmon,
Opajonim, baxtli boʻling, ilohim! (x2)
Aziz uyda ne-ne kunlar oʻtmagan,
Koʻz oldimdan xotiralar bitmagan,
Hali bosgan izlaringiz ketmagan,
Opajonim, baxtli boʻling, ilohim! (x2)
Uka boʻlib, yoʻq boʻlsa ham bor bilan,
Kuningizga yaray shunday kor bilan.
Uzatyabman yelkamdagi or bilan,
Opajonim, baxtli boʻling, ilohim! (x2)
Dunyolardan ortiq boʻlgan gavharim,
Oq libosga burkangan siz dilbarim,
Xudo bergan yolgʻizgina jigarim,
Opajonim, baxtli boʻling, ilohim! (x2)
Oʻzga uyda kutar kutgan yoringiz,
Bir umrlik sodiq vafodoringiz.
Aytib boray, opa, men yor-yoringiz,
Opajonim, baxtli boʻling, ilohim! (x2)
Uka boʻlib, yoʻq boʻlsa ham bor bilan,
Kuningizga yaray shunday kor bilan.
Uzatyabman yelkamdagi or bilan,
Opajonim, baxtli boʻling, ilohim! (x4)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!