🎵 Qoʻshiq matnlari

Yulduz Turdiyeva - Sevolmasang ayt

2.9K marta oʻqildi
Yulduz Turdiyeva - Sevolmasang ayt
Seni deya ogʻrinar bechora yuragim,
Lahza oʻtmay sogʻinar tobora yuragim,
Senga tinmay talpinar ovora yuragim,
Yor, qoʻlingdan kelmasa, sevolmasang ayt.

Oʻyla bir bor, qiynamasdan soʻngra afsuslar,
Dunyoda koʻp yolgʻonlardan yolgʻonchi hislar.
Yoningdaman, boqmasin deb begona koʻzlar,
Yuraging his etmasa, sevolmasang ayt.

Xasta qalbim, xasta bu dil, sen deya bemor,
Yoʻq tabibim dardlarimga, tunlarim bedor.

Sevolmasang ayt,
Bora-bora mani borimga koʻnolmasang ayt,
Yana-yana qara holingga, sevolmasang ayt,
Mani-mani-mani yonimga qololmasang ayt,
Koʻnolmasang ayt. (x2)

Qara, sensiz qalbimda dard ketmayabdi hech-hech,
Balki, mehring, eʼtiboring yetmayabdi hech-hech,
Sensiz hatto bir kunim tinch oʻtmayabdi hech-hech,
Koʻngling menda boʻlmasa, sevolmasang ayt.

Kelmayabsan, lekin tashlab ketmayabsan hech-hech,
Qancha dardim bor dilimda, sezmayabsan hech-hech.
Sezib-sezib qaytganingda boʻlmaydimi kech-kech?
Oʻzing istab sevmasang, sevolmasang ayt.

Xasta qalbim, xasta bu dil, sen deya bemor,
Yoʻq tabibim dardlarimga, tunlarim bedor.

Sevolmasang ayt,
Bora-bora mani borimga koʻnolmasang ayt,
Yana-yana qara holingga, sevolmasang ayt,
Mani-mani-mani yonimga qololmasang ayt,
Koʻnolmasang ayt. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!