🎵 Qoʻshiq matnlari

Sherzod Bek - Yoriltosh

2.2K marta oʻqildi
Sherzod Bek - Yoriltosh
Qora sochlar oʻsib, qoshga tushibdi,
Turfa savdo ochiq boshga tushibdi.
Ayab-ayab yurgan arzanda koʻnglim,
Bugun bitta bagʻritoshga tushibdi. (x2)

Yoril, yoril desam, yorilmadi tosh,
Sevgimizni mensimadi qalam qosh. (x2)

Yigʻlagan koʻz bir kun albat kular, der,
Yarim koʻngil qachonlardir toʻlar, der.
Yigʻlamayman bevafoning hajrida,
Yigit koʻz yosh toʻksa, uyat boʻlar, der.

Yigʻlamayman bevafoning hajrida,
Yigit koʻz yosh toʻksa, uyat boʻlar, der.

Yoril, yoril desam, yorilmadi tosh,
Sevgimizni mensimadi qalam qosh. (x2)

Har kunduzning bir oqshomi boʻlarkan, boʻlarkan,
Yigit boshi egilsa, tog‘ qularkan, qularkan.
Kech angladim, sevgi degan gohida
Choʻntakka ham bogʻliq boʻlib qolarkan.

Kech angladim, kech angladim, ishq degan
Eh, choʻntakka ham bogʻliq boʻlib qolarkan.

Yoril, yoril desam, yorilmadi tosh,
Sevgimizni mensimadi qalam qosh. (x2)

Sevgimizni mensimadi qalam qosh…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!