🎵 Qoʻshiq matnlari

Yulduz Usmonova - Qadr yigʻlaydi

2.1K marta oʻqildi
Yulduz Usmonova - Qadr yigʻlaydi
Dunyodan kechganman, sen ham mendan kech,
Yuragim adogʻin koʻzlama, jonim.
Quyoshim vasliga yetolmadim hech,
Qoʻyib ber, yigʻlasin bugun osmonim,
Yigʻlasa, ishongin, qadr yigʻlaydi.

Yigʻlaydi-yey, yigʻlaydi-yey, yigʻlaydi-yey,
Qadr yigʻlaydi.
Yigʻlaydi-yey, oh yigʻlaydi-yey, yigʻlaydi-yey,
Qadr yigʻlaydi.

Endi ayriliqdan tonganim bekor,
Alamli soʻngiga yetdi ertagim.
Seni deb bir umr yonganim bekor,
Qoʻyib ber, muzlasin bugun yuragim-yey,
Yigʻlasa, ishongin, qadr yigʻlaydi.

Yigʻlaydi-yey, yigʻlaydi-yey, yigʻlaydi-yey,
Qadr yigʻlaydi.
Yigʻlaydi-yey, yigʻlaydi-yey, yigʻlaydi-yey,
Qadr yigʻlaydi.

Bedoring kasriga gʻurur qoldimi?
Qasos olmoqlikka hozir yolgʻizlik.
Vaslingga yetishmoq armon boʻldimi?
Qoʻyib ber, yayrasin bugun sensizlik,
Yigʻlasa, ishongin, qadr yigʻlaydi.

Yigʻlaydi-yey, yigʻlaydi-yey, yigʻlaydi-yey,
Qadr yigʻlaydi.
Yigʻlaydi-yey, yigʻlaydi-yey, yigʻlaydi-yey,
Qadr yigʻlaydi.

Yigʻlaydi-yey, yigʻlaydi-yey, yigʻlaydi-yey,
Qadr yigʻlaydi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!