🎵 Qoʻshiq matnlari

Xamdam Sobirov - Yor-yor

2.6K marta oʻqildi
Xamdam Sobirov - Yor-yor
Bilmam nechun yurak boʻysunmayapti, yoʻq-yoʻq,
Toʻxtab-toʻxtab uraverar, tanam qizib ketaverar.
Esgan shamol endi esmaydi, yoʻq-yoʻq,
Yomgʻir, doʻllar yogʻaverar, tanam sovib ketaverar.

Seni menga bermadilar, yor-yor,
Chin sevgimni bilmadilar, yor-yor.
Baxtni emas, taxtni tanladilar, yor-yor,
Ahdni emas, naqdni tanladilar, yor-yor.

Kelin boʻlib ketding ostonadan, yor-yor,
Farqim qolmadi, bir qara, devonadan, yor-yor.
Oy yuzlaringni qizgʻonaman begonadan, yor-yor,
Boy boʻlsam boʻlmasmidi, tuygʻular oʻlmasmidi,
Boshqaga bermasmidi, yor-yor.

Seni menga bermadilar, yor-yor,
Chin sevgimni bilmadilar, yor-yor.
Baxtni emas, taxtni tanladilar, yor-yor,
Ahdni emas, naqdni tanladilar, yor-yor.

Yurakda alam bor, sendan qolgan dogʻlar bor,
Yurakda alam bor, sendan qolgan dogʻlar bor.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!