🎵 Qoʻshiq matnlari

Yulduz Usmonova - Rozimikan

1.6K marta oʻqildi
Yulduz Usmonova - Rozimikan
Yolgʻon aytma, yer koʻtarmaydi,
Yer koʻtarsa, el koʻtarmaydi.
Qoʻli egri, dili egrilar
Barmogʻida baxt tutolmaydi.

Jisming koʻrki – koʻzingga quvonch,
Isming koʻrki – soʻzingga quvonch,
Sen ortingga qarab-qarab tur,
Toʻkilganmi izingga quvonch?

Rozimikan, rozimikan,
Yeru-osmon bizdan rozimikan?
Rozimikan, rozimikan,
Yeru-osmon bizdan rozimikan?

Ushalmagan orzuying – armon,
Ushalgani besh kunlik mehmon.
Soʻradingmi oʻzingdan sira:
Rozimikan sendan yer-osmon?

Jon ichida koʻngil bormi, ayt?
Koʻngil ne der jon ogʻrigan payt?
Manzilingga yetolmay qaytsang,
Mahmud, faqat iymoningga qayt.

Rozimikan, rozimikan,
Yeru-osmon bizdan rozimikan?
Rozimikan, rozimikan,
Yeru-osmon bizdan rozimikan? (x2)

Yeru-osmon bizdan rozimikan? {x2}
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!