🎵 Qoʻshiq matnlari

Yulduz Usmonova - Dunyo (2020)

2.8K marta oʻqildi
Yulduz Usmonova - Dunyo (2020)
Bahorman deb, bahor kulib keladi,
Yoz issigʻi jonlar yoqib keladi.
Hosilli kuz bizni xursand qiladi,
Hisob uchun izgʻirin qish keladi.

Hayot ham sevgi bilan boshlanadi-yey,
Muhabbatda toʻla qalbing yonadi.
Toʻy-tomosha qilib umring oʻtadi-yey,
Qarabsanki, bir kun ajal yonda turadi.

Dunyo, ona qilib yaratmagin,
Dunyo, farzand dogʻin koʻrsatmagin.
Dunyo – Onalarning onasisan,
Kim farzandin yomon koʻrar?
Insofini tilab bergin.

Dunyo, kim yomon boʻlgisi kelar?
Dunyo, kim yerda yurgisi kelar?
Dunyo orzular ham bulutlarda,
Qanotlari boʻlmasa ham,
Oʻrni bor, uchgisi kelar. Dunyo…

Boʻlmas, zamonni qaytarib boʻlmas,
Boʻlmas, bukrini toʻgʻirlab boʻlmas,
Boʻlmas, ajalni qaytarib boʻlmas,
Ona uchun farzand birdir, bolaning yomoni boʻlmas.

Aytmas, inson toʻgʻrini hech aytmas,
Qaytmas, yomonlar fitnadan qaytmas,
Kechmas, mardlar maydonidan kechmas,
Har inson feʼli boshqadir, ona uchun yomon boʻlmas.

Dunyo, koʻzlarim nurini olma,
Dunyo, qalbim shuʼurini olma.
Dunyo, faqat sen olim bu ishda,
Olsang ham mening jonimni, olma faqat iymonimni.

Dunyo, umrini ber bolalarimning,
Dunyo, koʻpaytirgin doʻstlarimni,
Dunyo, sen taniysan dushmanimni,
Yomonlik istamayman, lek unutma haqiqatingni.

Dunyo…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!