🎵 Qoʻshiq matnlari

Xurshid Rasulov - Adashmasam bas

2.8K marta oʻqildi
Xurshid Rasulov - Adashmasam bas
Dildan chiqsa chinqirmas ovoz,
Maysani ham sindirmas ovoz.
Xonishlarim dardlarimga mos,
Mashhurlarga balki oʻxshamas,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.

Bu sanʼatning noni ham qattiq,
Sanʼatkorning joni ham qattiq.
Baho bermang mehrdan ortiq,
Mashhurlarga balki oʻxshamas,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.

Mashhurlarga balki oʻxshamas, ey,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.

Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.

Kimda hasad, kim aylar qadr,
Barchasiga topganmiz sabr.
Xudo ravo koʻrgani shudir,
Mashhurlarga balki oʻxshamas,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.

Faqir boʻlib, panaladik sal,
Goh davrada tegmay qoldi gal.
Oʻychimasman – ishim tavakkal,
Mashhurlarga balki oʻxshamas,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.

Mashhurlarga balki oʻxshamas, ey,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.

Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.

Chumoliga yoʻq menda ozor,
Qoʻllab tursa haq Parvardigor.
Sizdek aziz muhlislarim bor,
Mashhurlarga balki oʻxshamas,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.

Dildan chiqsa chinqirmas ovoz,
Maysani ham sindirmas ovoz.
Xonishlarim dardlarimga mos,
Mashhurlarga balki oʻxshamas,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.

Mashhurlarga balki oʻxshamas,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.

Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas,
Oʻz yoʻlimdan adashmasam bas.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!