Gulsanam Mamazoitova - Jafo qilursan

Har dam manga yuz jafo qilursan, {x2}
Ming dardga mubtalo qilursan. {x2}
Qatlimgʻa qilib koʻzingni jallod, {x2}
Qasdimgʻa qoshingni yoy qilursan. {x2}
Kipriklaringni oʻqlarin otib, {x2}
Boshdin oyogʻima yaro qilursan. {x2}
Yotsa sitaming gar intiqoma,
Boshdin yana ibtido qilursan.
Alqissaki, har sitamki bilsang,
Qoʻymay barini manga qilursan. {x2}
Jonimgʻa urib firoq nishini, {x2}
El zahmi uzra davo qilursan. {x2}
Rahm aylaki, qolmadi qarorim, {x2}
Chiqmoqqa yetishdi jon uzorim. {x3}
Ming dardga mubtalo qilursan. {x2}
Qatlimgʻa qilib koʻzingni jallod, {x2}
Qasdimgʻa qoshingni yoy qilursan. {x2}
Kipriklaringni oʻqlarin otib, {x2}
Boshdin oyogʻima yaro qilursan. {x2}
Yotsa sitaming gar intiqoma,
Boshdin yana ibtido qilursan.
Alqissaki, har sitamki bilsang,
Qoʻymay barini manga qilursan. {x2}
Jonimgʻa urib firoq nishini, {x2}
El zahmi uzra davo qilursan. {x2}
Rahm aylaki, qolmadi qarorim, {x2}
Chiqmoqqa yetishdi jon uzorim. {x3}
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!