🎵 Qoʻshiq matnlari

Manzura - Sen meni ishontir

1.5K marta oʻqildi
Manzura - Sen meni ishontir
Sen meni ishontir,
Sen meni ishontir sevishingga.
Sen meni ishontir,
Yurakdagi dardimni-dardimni sezmay. (x2)

Men unga bergandim borimni,
Lek u bir bora holimni soʻramadi.
U nega-nega soʻramadi?
Usiz qancha yillar oʻtdi,
Bedor alam yurak yutdi.
Bilmadi, u nega-nega bilmadi?

Bilasanmi qanchalar ogʻringanim?
Yoʻllaringda intizor kutganim?
Oʻzingdan ayirding, qanotim qayirding.

Sen meni ishontir,
Sen meni ishontir sevishingga.
Sen meni ishontir,
Yurakdagi dardimni-dardimni sezmay. (x2)

Menga kerakmas ozorlar,
Boʻlganman bundan bezorlar.
Chidamaydi, yuragim bunga chidamaydi.
Qancha uzr soʻrasang ham,
Qayta yana aldasang ham,
Koʻnmaydi, dil soʻzlaringga koʻnmaydi.

Bilasanmi qanchalar ogʻringanim?
Yoʻllaringda intizor kutganim?
Oʻzingdan ayirding, qanotim qayirding.

Sen meni ishontir,
Sen meni ishontir sevishingga.
Sen meni ishontir,
Yurakdagi dardimni-dardimni sezmay. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!