Abdulla Qurbonov - Oqqan daryo

Goh oʻzgarar sokin hayot,
Kimdir toʻsar daryoni ham.
Qaygʻurma doʻst, yov boʻlsa shod,
Yor visolga bersa barham.
Gʻamlar oʻtar sabr etsang,
Boʻlar oxir poklik gʻolib.
Yorug‘ kunlar kelar kutsang,
Daryo yana oqar toʻlib.
Oqqan daryo oqmay qolmas,
Butkul toʻxtab qolganda ham.
Yoqqan goʻzal yoqmay qolmas,
Agʻyor boʻxton qilganda ham. (x2)
Arazda ham sevgi yashar,
Sinalar yor, doʻstu-oshno.
Yana chaman, bogʻlar yashnar,
Qoʻshiqlarga toʻlar dunyo.
Oqqan daryo oqmay qolmas,
Umidingni soʻndirma sen.
Chin yor axir ishqdan tolmas,
Koʻngil gulin soʻldirma sen.
Oqqan daryo oqmay qolmas,
Butkul toʻxtab qolganda ham.
Yoqqan goʻzal yoqmay qolmas,
Agʻyor boʻxton qilganda ham. (x2+x2)
Oqqan daryo oqmay qolmas…
Kimdir toʻsar daryoni ham.
Qaygʻurma doʻst, yov boʻlsa shod,
Yor visolga bersa barham.
Gʻamlar oʻtar sabr etsang,
Boʻlar oxir poklik gʻolib.
Yorug‘ kunlar kelar kutsang,
Daryo yana oqar toʻlib.
Oqqan daryo oqmay qolmas,
Butkul toʻxtab qolganda ham.
Yoqqan goʻzal yoqmay qolmas,
Agʻyor boʻxton qilganda ham. (x2)
Arazda ham sevgi yashar,
Sinalar yor, doʻstu-oshno.
Yana chaman, bogʻlar yashnar,
Qoʻshiqlarga toʻlar dunyo.
Oqqan daryo oqmay qolmas,
Umidingni soʻndirma sen.
Chin yor axir ishqdan tolmas,
Koʻngil gulin soʻldirma sen.
Oqqan daryo oqmay qolmas,
Butkul toʻxtab qolganda ham.
Yoqqan goʻzal yoqmay qolmas,
Agʻyor boʻxton qilganda ham. (x2+x2)
Oqqan daryo oqmay qolmas…
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!