🎵 Qoʻshiq matnlari

Botir Qodirov - Oʻzim aylanay

2.4K marta oʻqildi
Botir Qodirov - Oʻzim aylanay
Dilda hislar senga bari. (x2)
Aqlim olib qo`yding mani,
O`zim aylanay. (x2)

Kulgichlaring oldi jonim,
Qalbimga ishq soldi, jonim.
Vasling dilda qoldi, jonim,
O`zim aylanay.

Vasling dilda qoldi jonim,
O`zim aylanay.

Ko`nglim yarim, rizqim yarim,
Yuzing ko`rolmay.
Sening shahlo ko`zingdan-ey
O`zim aylanay.

Yuzing to`sib turgan ro`mol,
Husning yopib etmoqda lol.
Ko`nglim olib qo`yding behol,
O`zim aylanay.

Asta mayin kulishlardan,
Jon desam, lab burishlardan,
Ming nozlanib yurishlardan,
O`zim aylanay. (x2)

Ko`nglim yarim, rizqim yarim,
Yuzing ko`rolmay.
Sening shahlo ko`zingdan-ey
O`zim aylanay.

O`sha kundan bo`lib bedor,
Yurak-bag`rim bo`lmoqda zor. (x2)
Senday suluv guldan, ey yor,
O`zim aylanay. (x2)

Ko`nglim yarim, rizqim yarim,
Yuzing ko`rolmay.
Sening shahlo ko`zingdan-ey
O`zim aylanay. (x2)

Sening shahlo ko`zingdan-ey
O`zim aylanay. {x2}
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!