Shohruhxon - Atirgullar

Koʻz oʻngimda
Soʻlmoqda bu kun sevgim atirgullari,
Ayrilar yorim-la bu taqdir yoʻllari,
Yurakda qoldi tuygʻular.
Yuragimda
Yangraydi yorga mening sevgim nolasi,
Qoʻlimda bu dam yana mendek chorasiz,
Kuylarim maʼyus yigʻlar.
Atirgullar, taqdir gullar,
Hijron dardi ogʻir gullar,
Yor qoʻlida xazon boʻlgan
Sevgim aybi nadir ey, gullar?
Nadir ey, gullar? (x2)
Orzularga
Aldandi yurak, netay unga yetmadim?
Qaylarda xatolar qildim, hech bilmadim,
Afsuski, toʻldi lahzalar.
Dunyolarga
Sigʻmaydi armon toʻla sevgim kuylasam,
Koʻzlardan qancha oʻzim asragan
Gulimni oldi oʻzgalar.
Atirgullar, taqdir gullar,
Hijron dardi ogʻir gullar,
Yor qoʻlida xazon boʻlgan
Sevgim aybi nadir ey, gullar?
Nadir ey, gullar? (x2)
Soʻlmoqda bu kun sevgim atirgullari,
Ayrilar yorim-la bu taqdir yoʻllari,
Yurakda qoldi tuygʻular.
Yuragimda
Yangraydi yorga mening sevgim nolasi,
Qoʻlimda bu dam yana mendek chorasiz,
Kuylarim maʼyus yigʻlar.
Atirgullar, taqdir gullar,
Hijron dardi ogʻir gullar,
Yor qoʻlida xazon boʻlgan
Sevgim aybi nadir ey, gullar?
Nadir ey, gullar? (x2)
Orzularga
Aldandi yurak, netay unga yetmadim?
Qaylarda xatolar qildim, hech bilmadim,
Afsuski, toʻldi lahzalar.
Dunyolarga
Sigʻmaydi armon toʻla sevgim kuylasam,
Koʻzlardan qancha oʻzim asragan
Gulimni oldi oʻzgalar.
Atirgullar, taqdir gullar,
Hijron dardi ogʻir gullar,
Yor qoʻlida xazon boʻlgan
Sevgim aybi nadir ey, gullar?
Nadir ey, gullar? (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!