Faxriddin Umarov - Umr lahzasi

Umrning oʻtkazgan har bir lahzasi, {x2}
Oqibat oʻz qadrin albat soʻroqlar.
Imtihon berarsan vijdon oldida,
Qilgan ishlaringdan keksaygan chogʻlar.
Imtihon berarsan vijdon oldida,
Qilgan ishlaringdan keksaygan chogʻlar.
Dilim ayt, oʻshal chog‘ istiqbolingga
Qandoq yakun bilan bormogʻim lozim?
Serhosil boʻlishi uchun kuzimni,
Nimaga band etay bahorim, yozim?
Serhosil boʻlishi uchun kuzimni,
Nimaga band etay bahorim, yozim?
Dilim der: istasang uyalmaslikni,
Vijdoning oldida keksaygan chogʻlar,
Toʻgʻri boʻl, xalqingga sadoqatli boʻl,
Behuda kechmasin bu yoshlik chogʻlar.
Toʻgʻri boʻl, xalqingga sadoqatli boʻl,
Behuda oʻtmasin bu yoshlik chogʻlar.
Mehnat qil – yetarsan ezgu niyatga,
Yashagan har oning boʻlur mazmundor. (x2)
Vijdoning oldida qolmay uyatga,
Umringdan etarsan haqli iftixor. (x2)
Oqibat oʻz qadrin albat soʻroqlar.
Imtihon berarsan vijdon oldida,
Qilgan ishlaringdan keksaygan chogʻlar.
Imtihon berarsan vijdon oldida,
Qilgan ishlaringdan keksaygan chogʻlar.
Dilim ayt, oʻshal chog‘ istiqbolingga
Qandoq yakun bilan bormogʻim lozim?
Serhosil boʻlishi uchun kuzimni,
Nimaga band etay bahorim, yozim?
Serhosil boʻlishi uchun kuzimni,
Nimaga band etay bahorim, yozim?
Dilim der: istasang uyalmaslikni,
Vijdoning oldida keksaygan chogʻlar,
Toʻgʻri boʻl, xalqingga sadoqatli boʻl,
Behuda kechmasin bu yoshlik chogʻlar.
Toʻgʻri boʻl, xalqingga sadoqatli boʻl,
Behuda oʻtmasin bu yoshlik chogʻlar.
Mehnat qil – yetarsan ezgu niyatga,
Yashagan har oning boʻlur mazmundor. (x2)
Vijdoning oldida qolmay uyatga,
Umringdan etarsan haqli iftixor. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!