🎵 Qoʻshiq matnlari

Bojalar guruhi - Mashinam

1.7K marta oʻqildi
Bojalar guruhi - Mashinam
Yoshligimdan qulogʻini tishlab qoʻyganman,
Sevgim uchun Chilonzordan “peshkom” kelganman.
Uylanmadim, oʻttizdan ham oshib ketganman,
Hammasiga oʻzing sabab, mashinam.

Yoshligimdan qulogʻini tishlab qoʻyganman,
Sevgim uchun “tolpa”larda qolib ketganman.
Oʻrikzordan qovoq olib, qovun sotganman,
Hammasiga oʻzing sabab, mashinam.

Mashina, mashina, gap boʻldi mashina,
Qizlar ham qaramaydi yoʻq boʻlsa mashina.
Mashina, mashina, gap boʻldi mashina,
Sevganim qaramaydi yoʻq boʻlsa mashina.

Kostyum-shimni Yangioboddan qarzga olganman,
“Zalog”iga kuchugimni boylab kelganman.
Yoshligimda Raj Kapurga taqlid qilganman,
Aytib qoʻyay, men seni chin hindcha sevganman.

Tezroq chiqqin, “zaryadchik”im tashlab kelganman,
Koʻcha sovuq, choy-poy olib chiq, muzlab qolganman.
Pastga urma, “Boriga baraka”da chiqqanman,
Xursand boʻlma, mashinamas, gugurt yutganman.

Mashina, mashina, gap boʻldi mashina,
Qizlar ham qaramaydi yoʻq boʻlsa mashina.
Mashina, mashina, gap boʻldi mashina,
Sevganim qaramaydi yoʻq boʻlsa mashina.

Odinaning ammasiga mashina,
Odinaning xolasiga mashina.
Odinaning opasiga mashina,
Voy-voy-voy Odina, koʻngil qolib,
Gap boʻldimi mashina?

Mashina, mashina, gap boʻldi mashina,
Qizlar ham qaramaydi yoʻq boʻlsa mashina.
Mashina, mashina, gap boʻldi mashina,
Sevganim qaramaydi yoʻq boʻlsa mashina.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!