🎵 Qoʻshiq matnlari

Alisher Zokirov - Hamon-hamon

1.4K marta oʻqildi
Alisher Zokirov - Hamon-hamon
Hamon, hamon, hamon…
Seni hali, hali hamon.

Qalbimda azob, koʻzlarimda bor soxta kulgu,
Sen esa dardlarimni sezmasang kerak mangu.
Sevib qildim man xato, ogʻrinar koʻngil ammo,
Sen esa ogʻrinmaysan, nega sen sogʻinmaysan?

Toʻkilib bormoqdaman, muzlayabman kun sayin,
Sovuqda qolib ketdi, yurak soʻnar guldayin.
Topa olmayin imkon, ogʻrinar dilim yomon,
Sen esa ogʻrinmaysan, nega sen sogʻinmaysan?

Hamon, hamon, hamon,
Sogʻinaman seni-seni hali-hali hamon,
Yuragimni sogʻinch dardi qiynar yomon-yomon.
Sensiz yashash, jonim ishon, gumon, gumon, gumon,
Sogʻinch yomon-yomon. (x2)

Esingdami, soʻzlashar edik yulduzlar bilan,
Boqarding sevgi toʻla mehrli koʻzlar bilan.
Sogʻinar hamon koʻngil, eslab ogʻrinadi dil,
Sen esa ogʻrinmaysan, nega sen sogʻinmaysan?

Toʻkilib bormoqdaman, muzlayabman kun sayin,
Sovuqda qolib ketdi, yurak soʻnar guldayin.
Topa olmayin imkon, ogʻrinar dilim yomon,
Sen esa ogʻrinmaysan, nega sen sogʻinmaysan?

Hamon, hamon, hamon,
Sogʻinaman seni-seni hali-hali hamon,
Yuragimni sogʻinch dardi qiynar yomon-yomon.
Sensiz yashash, jonim ishon, gumon, gumon, gumon,
Sogʻinch yomon-yomon. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!