Farrux Saidov - Oʻynali

Davrani kengroq oling,
Sozni shoʻxidan chaling. (x2)
Kayfiyatni koʻtarib,
Lazgini shoʻxroq chaling. (x2)
Omon-omon oʻynali,
Lazgi chaling, oʻynali. (x2)
Oʻynamagan qolmasin,
Davramizda oʻynali.
Torni bulbulday sayratib,
Oʻynamaganni ham oʻynatib, (x2)
Doirani ham dumburdatib,
Joʻshib-joʻshib oʻynali.
Qayroqlarni shaqirdatib,
Joʻshib-joʻshib oʻynali.
Omon-omon oʻynali,
Lazgi chaling, oʻynali. (x2)
Oʻynamagan qolmasin,
Chu davrada oʻynali.
Oʻynaganlar darmonda,
Oʻynamagan armonda. (x2)
Lazgi kuyi boshqacha,
Oʻynatar 100 yoshgacha. (x2)
Omon-omon oʻynali,
Lazgi chaling, oʻynali. (x2)
Oʻynamagan qolmasin,
Davramizda oʻynali.
Oʻynamagan qolmasin,
Oʻynaligʻa, oʻynali.
Oʻyna, oʻyna,
Ola koʻz joningdan.
Oʻyna, oʻyna,
Qora koʻz boʻyingdan. (x2)
Sozni shoʻxidan chaling. (x2)
Kayfiyatni koʻtarib,
Lazgini shoʻxroq chaling. (x2)
Omon-omon oʻynali,
Lazgi chaling, oʻynali. (x2)
Oʻynamagan qolmasin,
Davramizda oʻynali.
Torni bulbulday sayratib,
Oʻynamaganni ham oʻynatib, (x2)
Doirani ham dumburdatib,
Joʻshib-joʻshib oʻynali.
Qayroqlarni shaqirdatib,
Joʻshib-joʻshib oʻynali.
Omon-omon oʻynali,
Lazgi chaling, oʻynali. (x2)
Oʻynamagan qolmasin,
Chu davrada oʻynali.
Oʻynaganlar darmonda,
Oʻynamagan armonda. (x2)
Lazgi kuyi boshqacha,
Oʻynatar 100 yoshgacha. (x2)
Omon-omon oʻynali,
Lazgi chaling, oʻynali. (x2)
Oʻynamagan qolmasin,
Davramizda oʻynali.
Oʻynamagan qolmasin,
Oʻynaligʻa, oʻynali.
Oʻyna, oʻyna,
Ola koʻz joningdan.
Oʻyna, oʻyna,
Qora koʻz boʻyingdan. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!